O'zb
O‘zbekistonda “Raqamli maktab” va “Raqamli o‘qituvchi” 2023-2024 mukofoti laureatlari aniqlandi
2 iyul 2024

Mukofotning asosiy vazifasi 2023-2024 o‘quv yilining IV choragida elektron jurnalni o‘z vaqtida to‘ldirgan va o‘z ishida raqamli uy vazifalaridan foydalangan maktab va o‘qituvchilarni rag‘batlantirishdan iborat edi.

Natijada, faollik monitoringi ma’lumotlari asosida O‘zbekistonning har bir viloyatidan raqamli ta’lim resurslarini amaliyotga tatbiq etayotgan 14 ta maktab, shuningdek, eMaktab.Smartda sinflarga raqamli vazifalar yaratish va topshirishda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan 14 nafar o‘qituvchi aniqlandi. G‘oliblar eMaktab.Smart platformasida topshirilgan va o‘quvchilar tomonidan bajarilgan raqamli uy vazifalari soni bo‘yicha aniqlandi, shuningdek elektron jurnalni o‘z vaqtida to‘ldirish ham inobatga olindi.

G‘oliblar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Tez orada laureatlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Har bir maktab kubok va diplom bilan taqdirlanadi, har bir o‘qituvchi ham faxriy medal, diplom va Redmi Pad SE 8/256Gb plansheti bilan taqdirlanadi.

Mukofot zamonaviy o‘qitish usullarini qo‘llagan o‘qituvchilarning mehnatlarini e’tirof etish maqsadida tashkil etilgan. Mukofot o‘qituvchilarni eMaktab platformasining raqamli vositalaridan tez-tez foydalanishga undash, ularning kundalik vazifalarini soddalashtirish va barchaga o‘rnak bo‘lish maqsadida har yili o‘tkazib boriladi.

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi ishlarda muvaffaqiyat va ilhom tilaymiz!