O'zb
eMaktab “Novator ustoz – 2025” tanlovi gʻoliblarini e’lon qiladi
4 iyun 2025

eMaktab raqamli ta’lim platformasi “Novator ustoz – 2025” Respublika tanlovini e’lon qildi – keng koʻlamli tashabbus mamlakat pedagoglari orasida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini targʻib qilish va raqamli madaniyatni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Tanlovda butun Oʻzbekiston respublikasi boʻylab 1500 ta mezonli maktab oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Bugun eMaktab “Novator ustoz – 2025” Respublika tanlovininng yakunlangani haqida e’lon qiladi. Tanlovda ishtirok etish uchun pedagoglar: eMaktab platformasida onlayn-BSB (boʻlim uchun summativ baholash) yaratishlari yoki chiqarishlari hamda baholarni vaqtida elektron jurnalga qoʻyishlari kerak edi.

Gʻoliblar quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlandi:

  • Oʻtkazilgan onlayn-BSBlar soni;

  • Ishlarni yakunlar, oʻz vaqtida baho olgan oʻquvchilar ulushi.

Natijada, avtomatik ma’lumotlar monitoringi orqali O‘zbekistonning har bir viloyatidan 14 nafar g‘olib o‘qituvchi aniqlandi. Ular “Novator ustoz – 2025” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi hamda baholashda raqamli yechimlardan foydalanish bo‘yicha eng sara pedagoglar ro‘yxatiga kiritildi.

Reyting har bir viloyat bo‘yicha alohida hisoblanadi.

Viloyatda o‘quvchilarining eng ko‘p ulushi onlayn-BSBni yakunlagan va elektron jurnalga baholari o‘z vaqtida qoʻyilgan o‘qituvchi g‘olib deb topiladi.

Teng natijalar kuzatilganda, qo‘shimcha mezon sifatida onlayn-trenajorlarni o‘tish foizi hisobga olinadi. 

 “Novator ustor – 2025” tanlovi  natijalari yozilgan roʻyxatni qanday koʻrish mumkin 

  1. Quyidagi havola orqali Maktablar faoliyatini monitoring qilish bo‘limiga o‘ting: https://dashboard.emaktab.uz/#/login.

  2. “Faqat mezonli maktablar” tugmasini yoqing.

  3. Ekranning o‘ng tomonidagi Excel-fayl belgisi aks etgan tugmani bosing.

  4. Ochilgan ro‘yxatdan birinchi – “Novator ustoz – 2025” tanlovi yakunlari” bandini tanlang.

  5. Kompyuteringizga Excel fayli yuklanadi.

  6. Faylni oching – unda barcha hududlar bo‘yicha tanlov natijalarini ko‘rasiz.

Viloyatlar orasida Jizzax viloyati g‘olib deb topildi. Bu yerda 5-11-sinf o‘quvchilarining eng katta ulushi eMaktab platformasidagi onlayn-BSBlarni muvaffaqiyatli topshirgan.

“Novator ustoz – 2025” tanlovi natijalari mezonli maktablar o‘qituvchilari orasida raqamli faollikning barqaror o‘sishini ko‘rsatmoqda. Tanlovda jami 852 nafar pedagog ishtirok etib, ular 1663 ta BSB chiqargan. Shundan 398 ta BSBni o‘qituvchilar mustaqil ravishda yaratgan. Tanlov doirasida 6905 nafar o‘quvchi onlayn-BSB uchun baho olgan.

G‘oliblarni tabriklaymiz! Yaqin kunlarda munosib mukofotlaringiz: planshetlar va sertifikatlar sizga tantanali ravishda topshiriladi.