Рус
eMaktab — xalqaro ta’lim servislari orasida qoʻllab-quvvatlash sifati boʻyicha yetakchilar qatoriga kirdi
Вчера

eMaktab qoʻllab-quvvatlash xizmatining samaradorligini tahlil qilish Zendesk jamoasi tomonidan amalga oshirildi, mijozlar servisi boʻyicha mazkur xalqaro platformadan dunyo boʻylab 100 000 dan ortiq kompaniya foydalanadi.

Taqqoslash jarayoni 2025-yil 1-dekabrdan 2026-yil 28-fevralga qadar EMEA hududi: Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadagi ta’lim kompaniyalarining 39 nafar qoʻllab-quvvatlash xizmatlari misolida amalga oshirildi. Tadqiqotda Zendesk’ning tegishli funksionallari: live-kanallar va ma’lumot markazlaridan foydalanuvchi jamoalar inobatga olingan.

Anchayin yuqori yuklamaga qaramasdan, eMaktab jamoasi kuchli natijalarni namoyish etdi:

tanlanmaga koʻra, oyiga oʻrtacha 13 306 ta murojaat kelib tusharkan, 5 485 ga nisbatan
bitta mutaxassisga 1 663 ta murojaat toʻgʻri kelarkan, 382 taga nisbatan

Bunda asosiy sifat koʻrsatkichlari yuqori darajadaligicha qolgan:

mijozlarning qoniqqanlik darajasi: 92,9%, 91,3% ga nisbatan
ilk javobning oʻrtacha vaqti: 4,4 soat, 6,5 soatga nisbatan
tiketlarni qayta ochish ulushi: 0,1%, 11,6% ga nisbatan

Bu degani, katta yuklamaga qaramasdan, jamoa murojaatlarni birinchi martadayoq samarali hal qiladi hamda xizmatdan qoniqqanlik darajasining yuqori boʻlishini ta’minlaydi.



Biz eMaktab qoʻllab-quvvatlash xizmatining fotdalanuvchilar uchun yanada qulay, tez va oson boʻlishi ustida ishlashni davom ettiramiz. Buning uchun jamoa yangi kommunikatsiya kanallarini rivojlantirmoqda hamda foydalanuvchining qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish jarayonini osonlashtiradigan yechimlarni joriy etmoqda. Bunda bizga Zendesk vositalari hamda platformaning mijozlar servisi uchun moʻljallangan keng yechimlar toʻplami yordam bermoqda.