O'zb
MMTV va eMaktab “Raqamli maktab” hamda “Raqamli oʻqituvchi” tanlovini e’lon qiladi
14 may 2024

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi eMaktab raqamli ta’lim platformasi bilan hamkorlikda maktablar va pedagoglar uchun O’zbekistondagi birinchi “Raqamli maktab” va “Raqamli o'qituvchi” tanlovi haqida e’lon qiladi.  

Oʻzbekistonning barcha maktablari va pedagoglari tanlovga nomzod boʻla oladi. Nomzod pedagoglar uchun asosiy mezonlar: oʻzlarining raqamli uy vazifalarini yaratish va ularni havola orqali sinfga topshirish. Maktablar uchun asosiy mezonlar quyidagicha: elektron jurnalni oʻz vaqtida toʻldirib borish boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar va raqamli uy vazifalarini topshirish va bajarish boʻyicha yuqori foiz koʻrsatkichi. Ishlar natijalarini baholash davri 2023-2024 oʻquv yilining 4-choragi etib belgilanadi.

 “2023-2024 oʻquv yilining 4-choragi uchun faoliyat monitoringi koʻrsatkichlarini tahlil qilish natijariga boʻyicha har bir viloyatdan bittadan maktab va har bir raqamli maktabdan bittadan oʻqituvchi tanlab olinadi. Bunday maksimal obyektiv yondashuv har kunlik foydalanish uchun oʻzlariga topshirilgan zamonaviy raqamli taʼlim vositalaridan foydalanadigan maktablarni aniqlashga yordam beradi. Tanlov mohiyati taʼlim standartlarini oshirish, oʻqituvchilarni yanada samarali ishlashga undash va ish vaqtini muvofiqlashtirishdan iborat. Har bir maktab tizimda kubok va diplom bilan taqdirlanadi, har bir oʻqituvchi sharafli medal, diplom va Redmi Pad SE 8/256Gb plasnsheti bilan mukofotlanadi”, — deydi Arslonbek Rahmonqulov, MMTV Taʼlim sifatini nazorat qilish va baholash boshqarma yetakchi mutaxassisi.

“eMaktab.Smart servisi – oʻqituvchining virtual yordamchisi, u darsga tayyorlanish vaqtini qisqartirishga, kundalik vazifalar bajarilishini soddalashtirishga, oʻquv materiallarini oʻquvchiga yetkazishni yanada qiziqarli, ijodiy yondashuv bilab bajarishga yordam beradi, bu esa oʻquvchilarda taʼlimga boʻlgan qiziqishni oshiradi. “Raqamli maktab” va “Raqamli oʻqituvchi” tanlovi pedagoglarni ilhomlantirish va taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni faol joriy etishga yordam berish uchun xizmat qiladi.

Kelajakda tanlov muntazam ravishda oʻtkaziladi, eMaktab platformasida eng yaxshi natijani koʻrsatgan maktablar va oʻqituvchilar Oʻzbekistondagi EdTech sohasi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun taqdirlanadi. Biz tanlovni oʻquv yilining oxirida oʻtkazishga qaror qildik, barcha maktablar va oʻqituvchilar gʻalaba qozonish uchun teng imkoniyatlarga ega boʻladi, sababi faollik tahlili faqat 4-chorak uchun baholanadi”, — deydi Sabina Yunusova, eMaktab raqamli taʼlim resurslari loyihasi rahbari.

Faoliyatingizda raqamli taʼlim vositalaridan foydalanib, gʻalaba uchun oʻz imkoniyatlaringizni oshiring.

Tanlov gʻoliblari oʻquv yili soʻngida aniqlanadi: Oʻzbekistonning barcha viloyatlari boʻyicha 14 ta maktab va 14 ta oʻqituvchi. Tanlov natijalari 2024-yilning iyun oyida eʼlon qilinadi.